Facebook
YouTube

BOLALIGI ARMON QIZALOQ

Og’ir-vazmin qadamlar bilan kirib kelayotgan kuz kunlaridan biri edi. Har tong iliq quyosh nurlari derazadan kulib boqar, mayin shamol daraxtlarning oltin yaproqlarini yelkasida opichlab olis-olislarga olib ketardi. Bunday qiziqarli manzara faqatgina kuz tongida namoyon bo’ladi.

Erta tongda barcha bolalar maktab tomon oshiqayotgan pallada Ra’no tushkin kayfiyatda, deraza yonidagi otasining suratiga termulib o’tirardi.

… Kechagina “Birinchi qo’ng’iroq” chalingandi. Xuddi shu kuni ko’plab o’quvchi bolajonlar jajji qo’lchalari bilan ota-onasining qo’llaridan hayajon bilan ushlab, maktab tomon yo’l olgandi. Ra’no esa yolg’iz o’zi maktab tomon eltadigan yo’ldan yurib borardi. U hali juda kichkina bo’lishiga qaramay, ko’zidagi quvonchallaqachon so’nib bo’lgan. Yo’lda onasining qo’lidan mahkam ushlab, shaxdam qadamlar bilan yurib maktabga borayotgan o’rtoqlariga juda havasi keldi, ko’zlariga yosh quyula boshladi…

Bugun 1 sentabr. Ra’no bu yil ikkinchi sinfga qadam qo’ydi. Gap-so’zlari, harakatlari yosh bolanikiga o’xshamas, go’yo kattalardek edi. Uning murg’akkina qalbi ko’p narsalarni sezar, ko’p narsalarga aqli yetardi. Hozir ham maktab hovlisiga kirib borar ekan, birayoluningyonigakelib:

— Sen Zeboning dugonasi Ra’noxonmisan? Men Zeboning oyisi bo’laman, — ded ijilmayib.Keyin kursiga o’tirib gapida davom etdi:

— Bugun hamma onasi bilan kelgan bo’lsa, sennegaoyingbilankelmading, yokioyingsinfrahbaringningyonigakiribketganmi?

Bu gap sabab Zebo oyisidan xafa bo’lib ketdi. Qo’llarini titroq bosib, ko’zlariga yosh kela boshladi. Shunda unga qo’shni bo’lgan Mastura opa kelib qoldi. Xuddi Ra’noning mung’ayib turishudan zavqlangandek boyagi ayolga gapira ketdi:

— Negaundaydeysiz?! AxirRa’noningonasio’tganyiliqamalibqolgan-ku! Shuning uchun kelolmaydi-da.

U o’zini Ra’noga rahmi kelganday ko’rsatardi.Ra’noesaortiqbugaplargachidayolmasliginibilibbuayollardannariketayotganidaMasturaopaningbalandovozdaaytganso’zlariqulog’igachalindi.

— Sizga maslahatim, bolalaringizni bu qizchadan uzoqroq tuting.Judaaftodahol, bechora bo’lib ko’ringani bilan onasiga o’xshamay qayoqqayam borardi?!

Bu gaplar Ra’noni pichoqsiz so’ydi.U qancha harakat qilmasin hech qachon bu gaplardan qochib qutula olmasligini bilardi.Ammo odamlarning bunchalik qahri qattiqligini o’ylamagan edi.

Uning onasi bir yil oldin turli oqimlarga aralashib qolgandi.Ularunialdabchegaradan giyohvandmoddaolibo’tishgako’ndirishgandi. Tog’-tog’ va’dalar oldida bu ish qiyin emasdek ko’ringandiunga. Ammo ish u o’ylaganchalik oson kechmadi. Buni tezda payqab qolishdi. Ra’noning onasini jinoyat ustida qo’lga olishdi va uni qilgan qilmishiga yarasha 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilishdi. Otasi esauchyilburunchegarada bosqinchilarbilanbo’lgan jangda qahramonlarcha halok bo’lgandi. Shunday taqdir sabab u yolg’izgina buvisining qo’lida qolgandi. U dadasining jasoratidan qanchalik faxrlansa, onasi sodir etgan jinoyat sabab shunchalik dili vayron bo’lardi.

Ra’noning onasi qilgan ishi xato ekanligini kech bo’lsa-da, tushunib yetadi. Balki bundan afsuslanar ham. Biroq vaqtni ortga qaytarishning aslo iloji yo’q. Ra’noga ham shodon bolalikni qaytarib bo’lmaydi.Mohidil BOBOJONOVA

кукуку
54545

Воспитание — дело трудное, и улучшение его условий — одна из священных обязанностей каждого человека, ибо нет ничего более важного, как образование самого себя и своих ближних.

кукуку
54545

Воспитание — дело трудное, и улучшение его условий — одна из священных обязанностей каждого человека, ибо нет ничего более важного, как образование самого себя и своих ближних.

кукуку
54545

Воспитание — дело трудное, и улучшение его условий — одна из священных обязанностей каждого человека, ибо нет ничего более важного, как образование самого себя и своих ближних.

© 2019 Bekobod OVOZI